Qonuchilikka ko‘ra, quyidagi abiturientlar Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish imtihonlarisiz, qabul parametrlaridan tashqari to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi:
- Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik liseyni tamomlagan, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 56 va undan yuqori foizlik natijaga ega bitiruvchilar;
- joriy yilda o‘qishga kirish uchun respublika OTMning “yurisprudensiya" ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etib, o‘qishga tavsiya etilmagan, biroq yuridik texnikumlardagi test sinovlarida o‘tish balini to‘plagan abiturientlar;
- chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi B2 va undan yuqori darajadagi davlat malaka sertifikatiga yoki xalqaro sertifikatlarga ega abiturientlar.
Ushbu toifadagi abiturientlar joriy yil 25 sentabrga qadar (shu kuni ham) to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirish uchun ariza bilan yuridik texnikumga murojaat qilishlari mumkin.