Qoʻqon universiteti: Qabul 2019 hali tugamadi


5-sentyabrdan yangi tashkil qilingan Qoʻqon universiteti hujjatlar qabul qilishni boshlaydi. Universitet 7 ta yoʻnalishda bakalavr tayyorlaydi. Xorij fuqarolari imtihon topshirmay, suhbat asosida qabul qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yilning 17-avgustdagi 683-sonli qaroriga muvofiq 2019/2020 oʻquv yili uchun Qoʻqon universiteti joriy yilning 5-sentyabridan bakalavriat uchun hujjatlar qabul qilishni boshlaydi.

Taʼlim yoʻnalishlari:

  • Iqtisodiyot;
  • Menejment;
  • Moliya;
  • Tadbirkorlik;
  • Maktabgacha taʼlim;
  • Boshlangʻich taʼlim;
  • Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili.
  • Faqat kunduzgi taʼlim

Qoʻqon universitetida talabalar kunduzgi taʼlim shaklida, toʻlov-shartnoma asosida oʻqitiladi.

Namunadagi diplom beriladi

Bitiruvchilariga Oʻzbekistonda oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida eʼtirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.

Qabul 20-sentyabrgacha

Hujjatlar 2019-yilning 5-sentyabridan 20-sentyabriga qadar qabul qilinadi (yakshanba kunlari ham).

Qabul qilinadigan hujjatlar

  • Universitet qabul komissiyasi abituriyentlarni quyidagi hujjatlar asosida maxsus baza orqali roʻyxatdan oʻtkazadi:
  • Pasport (tugʻilganlik toʻgʻrisida maʼlumotnoma) asli;
  • Umumiy oʻrta taʼlim (11-sinf negizida) yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan) asli;
  • Chet tili sertifikati (agarda mavjud boʻlsa) asli va nusxasi.

Hujjatlar Qoʻqon servis va tadbirkorlik kasb-hunar kolleji (Qoʻqon shahri, Turkiston koʻchasi, 28-a uy) da qabul qilinadi.

Imtihonlar

Iqtisodiyot, Menejment, Moliya va Tadbirkorlik taʼlim yoʻnalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar quyidagi fanlardan test topshiradilar:

- Matematika (har bir toʻgʻri javob uchun 3,1 ball);

- Ingliz tili (har bir toʻgʻri javob uchun 2,1 ball);

- Oʻzbek tili va adabiyoti (har bir toʻgʻri javob uchun 1,1 ball).

 Maktabgacha taʼlim:

- Biologiya (har bir toʻgʻri javob uchun 3,1 ball);

- Oʻzbek tili va adabiyoti (har bir toʻgʻri javob uchun 2,1 ball);

- Tarix (har bir toʻgʻri javob uchun 1,1 ball).

 Boshlangʻich taʼlim:

- Oʻzbek tili va adabiyoti (har bir toʻgʻri javob uchun 3,1 ball);

- Matematika (har bir toʻgʻri javob uchun 2,1 ball);

- Ingliz tili (har bir toʻgʻri javob uchun 1,1 ball).

 Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili:

- Ingliz tili (har bir toʻgʻri javob uchun 3,1 ball);

- Oʻzbek tili va adabiyoti (har bir toʻgʻri javob uchun 2,1 ball);

- Tarix (har bir toʻgʻri javob uchun 1,1 ball).

Xorij fuqarolari imtihon topshirmaydi

Xorijiy fuqarolar universiteti tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladigan suhbat.