Uzrli sabablar bilan qishki qabul jarayonlarida o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar javoblari (natijalari) 25 yanvar sanasidan 15 fevral sanasigacha eʼlon qilinadi. Ushbu muddat 393-sonli Vazirlar Mahkamasining qarorida ko‘rsatib o‘tilgan.
Yaʼni qishki perevod uchun hujjat topshirgan talaba uzog‘i 15 fevralga qadar natijani bilib olishi kerak. Agarda, talabaning arizasi ijobiy qanoatlantirilgan bo‘lsa, u 25 fevralga qadar darslarga qo‘yilishi lozim.
UMUMIY JARAYON QUYIDAGICHA:
- 20 dekabrdan 20 yanvargacha - Qishki perevod qabul jarayoni.
- 25 yanvardan 15 fevralga qadar - natijalar eʼlon qilinadi.
- 15 fevraldan 25 fevralga qadar - arizasi qanoatlantirilgan talaba darslarga qo‘yiladi.
- 1 mart sanasiga qadar - talabaga buyruq chiqariladi.
Uzrli sabablar bilan o‘qishni ko‘chirish uchun topshirilgan arizalar natija (javob)lari yuqorida aytilganidek, 15 fevralga qadar aniq bo‘ladi.
Xo‘sh, talaba "perevod natijasini" qayerdan bilib olsa bo‘ladi?
Odatda negadir "qishki perevod" natijalari OAVda eʼlon qilinmaydi, bu holat kuzatilmagan desak ham bo‘ladi. Talaba o‘zi yugurib-yelib bilib olishi kerak.
Gap shunda-ki, VM-393 sonli qarorida 15 fevralga qadar talaba ariza natijasi bilan xabardor qilinishi aytilgan, qanday usuldaligi esa yozilmagan. Demak, OAV da natijalarni eʼlon qilmaslik noqonuniy holat emas, talabaga har qanday usul bilan maʼlumot yetkazilsa bo‘lgani.
XULLAS:
Talaba natijalarni quyidagi usulda bilib olishi mumkin:
- OAV, vazirlik ijtimoiy sahifalaridagi eʼlonlari orqali;
- Ishchi guruh tomonidan unga qo‘ng‘iroq qilish orqali;
- Hujjat topshirgan ishchi guruh masʼuli orqali;
- O‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan oliygoh bilan bog‘lanish orqali;
Bizdagi maʼlumotlarga ko‘ra, talabalarga ariza natijalari haqida xabar berish boshlangan.
"Taʼlimga oid" telegram kanali maʼlumotlari asosida tayyorlandi