Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a" bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
IIV Tergov departamentining xabar berishicha, 2021 yilning 30 sentabr kuni 37 yoshli Sh.N. 32 yoshli J.M.ga qo‘shni davlatdagi oliy o‘quv yurtida tahsil olib kelayotgan ukasi hamda jiyanining o‘qishini Qarshi Davlat universitetiga tanishlari orqali o‘tkazib berishni va’da qilgan. So‘ng ularning har biri uchun 3 ming dollardan jami 6 ming dollar pullarni aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Dastlabki surishtiruvda Sh.N. shu kungacha bergan va’dasini bajarmasdan pullarini ham qaytarib bermagani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan muqaddam sudlangan Sh.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a" bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qayd etilishicha, u gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda tergov davom etmoqda.