Perevod imtihonidan yiqilganlar endi nima qiladi?


Perevod imtihonidan yiqilganlar endi nima qiladi?

  • 1-variant: Hozir o‘qiyotgan oliygohida o‘qishini kelgan joyidan davom ettirishlari mumkin.
  • 2-variant: Super-kontrakt asosida o‘qishni ko‘chirishlari mumkin.

Super kontrakt esa 2 xil toifaga bo‘linadi:

1-toifa: O‘tish baliga 4,05 ballgacha yetmay qolgan talabgorlar;

Bunda quyidagi shkala asosida super-kontrakt narxi belgilanadi:

  • 1,05 ballgacha yetmay qolganda – oddiy toʼlov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
  • 1,06 balldan 2,05 ballgacha — 2,0 barobari;
  • 2,06 balldan 3,05 ballgacha — 2,5 barobari;
  • 3,06 balldan 4,05 ballgacha — 3,0 barobari.

Masalan, matematika yoʼnalishida 1,5 ball yetmay qoldi deylik. Bunday vaziyatda oʼsha abiturient 2 barobar toʼlaydi. Matematika yo‘nalishida kontrakt narxi taxminan 7 400 000 deylik. Demak, matematika yoʼnalishiga 1,5 ball yetmay qolgan abiturient 14 mln 800 ming soʼm super-kontrakt toʼlaydi (2x7 400 000).

2-toifa: o‘tish baliga 4,05 balldan ortiq yetmay qolgan va oʼzi 56,7 dan koʼp ball toʼplaganlar:

Bunday "perevodchilar" super-kontrakt uchun yoʼnalishiga qarab oddiy kontraktning minimum 8, 10, 12, 15, 17 yoki 25 barobarini toʼlaydi.

Masalan, iqtisod yoʼnalishiga o‘tish bali 105 ball. Talaba 70 ball to‘pladi. Demak, unga 4,05 balldan ortiq yetmay qolgan, oʼzi ham 56,7 balldan koʼproq toʼplagan. Iqtisod yo‘nalishiga minimum super-kontrakt 10 barobar etib belgilangan. Stipendiyasiz oddiy kontrakt narxi esa taxminan 10 500 000 soʼm.

Xulosa: iqtisod yoʼnalishining kunduzgi ta’lim shakli uchun super-kontrakt miqdori minimum 105 mln so‘m (10 x 10 500 000).

BU MUHIM: oʼtish baliga 4,05 balldan koʼproq yetmay qolgan va 56,7 balldan koʼp toʼplaganlarning hammasiga bir xil narx boʼladi. Yaʼni 5 ball yetmagan ham, 50 ball yetmagan ham bir xil toʼlaydi. Oʼshanchun menga 10 ball yetmadi, menga 30 ball yetmadi, qancha boʼladi, deb soʼrashdan foyda yoʼq.

3-toifa: 56,7 balldan kam toʼplaganlar

Bunday perevodchilar super-muper kontraktda oʼqishi mumkin, faqat kamida 2-toifadagilar toʼlaydigan summaning 2 barobarini toʼlashadi. Masalan, talaba iqtisod yoʼnalishiga topshirib, 40 ball toʼplagan, yaʼni 56,7 balldan kam. Demak, u kamida 210 mln soʼm toʼlashi kerak (2 x 105 000 000).

Xullas, Siz toʼplagan balingiz asosida kamida taxminan qancha super-kontrakt toʼlashingizni bemalol oʼzingiz hisoblab koʼrishingiz mumkin.