Samarqand shahrida Qozog‘iston ta`limi kunlari boshlandi. Shu munosabat bilan Samarqand davlat universitetida bo‘lib o‘tgan tadbirda Qozog‘iston Respublikasidagi 15ta oliy ta`lim dargohidan vakillar qatnashdi. Bu haqda “Xalq so‘zi" yozmoqda.
Qayd etilishicha, O‘zbekistondan Qozog‘istonga borib, oliy dargohlarda ta`lim oladiganlar uchun yaxshigina imtiyozlar mavjud.
Masalan, O‘zbekistonda yashovchi, shu yurtning fuqarosi bo‘lgan qozoq millatiga mansub yigit-qizlar Qozog‘istonda 100 foiz grant asosida o‘qiydilar. Boshqa millat vakillari esa 50 foiz imtiyozga ega.
Umuman, ushbu yilda qo‘shni mamlakatdagi oliy ta`lim dargohlarida o‘zbekistonlik 10 ming nafar o‘qishni xohlovchilar ana shunday imkoniyatlardan foydalanishlari mumkin.
Manba: kun.uz