Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Rossiya Federal davlat avtonom Milliy yadro tadqiqotlar universitetining Moskva muhandislik-fizika instituti oliy ta’lim muassasasi 2018-2019 o‘quv yili uchun quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha Moskva shahrida magistraturada o‘qish bo‘yicha maqsadli tanlov e’lon qiladi:
1. Yadroviy energetika va issiqlik fizikasi.
2. Yadro fizikasi va texnologiyalari.
O‘qishni xohlovchilar uchun talablar:
- talabgor bakalavriat bosqichini quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tamomlagan bo‘lishi lozim:
Fizika, Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi, Energetika (tarmoqlar bo‘yicha), Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha, Texnologik mashinalar va jihozlar (sovutish, kriogen texnikasi va mo‘’tadillash tizimlari mashinalari hamda agregatlari), Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha), Hayotiy faoliyat xavfsizligi va turdosh bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlari;
- rus tilini bilishi;
- mutaxassislik fanlari bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lish.
Magistraturaga 30 ta nomzod suhbat asosida qabul qiladi. O‘qish xarajatlari davlat hisobidan qoplanadi. Tanlov 2018-yil 29-iyuldan 30-iyulgacha I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining O‘ng (milliy tadqiqot universiteti) Toshkent shahar filialining ixtisoslashtirilgan akademik litseyi binosida o‘tkaziladi. Manzil: Toshkent shahar, Bektemir tumani, Suvsoz dahasi, 84-uy.
Yoningizda bakalavr diplomi (asli) va pasport bo‘lishi lozim.
Ma’lumot uchun telefon raqami: 246-08-14 (Nematov I.)
Manba: xabar.uz