O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev innovatsion muhitni shakllantirish, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan uzoq muddatli munosabatlarni yanada rivojlantirish maqsadida «Toshkent shahrida Puchon universitetini tashkil etish to‘g‘risida» qarorni imzoladi.
Puchon universitetida quyidagi yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlanadi:
- maktabgacha ta’lim;
- arxitektura va dizayn;
- koreys tili;
- shuningdek, talab yuqori bo‘lgan ta’limning boshqa yo‘nalishlari.
Universitetga qabul 2018/2019 o‘quv yilidan boshlanadi. Universitetga umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotga ega shaxslar hujjat topshirishi mumkin.
Kirish imtihonlarini o‘tkazish shakli, tartibi va muddati hali aniqmas. Bular tegishli vazirliklar bilan kelishilgan holda Puchon universiteti (Koreya Respublikasi) tomonidan belgilanadi.
Mazkur qarorda shuningdek, Chilonzor tumani, Qatortol ko‘chasida joylashgan Chilonzor pedagogika kollejining bino va inshootlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga berilishi, keyinchalik bepul foydalanish uchun Universitetga o‘tkazilishi ham belgilab qo‘yilgan.Manba: xabar.uz