O‘qishni ko‘chirish va qayta tiklashni rad etilishiga sabablar (4-qism)


4-sabab

Birinchi kursning birinchi semestriga birinchi semestr tugallanmagan holatda o‘qishni ko‘chirishga (talabaga kasallik tufayli akademik taʼtil berilgan holatlar, o‘qigan taʼlim yo‘nalishi mavjud bo‘lmaganda ko‘chirib tiklash holatlari bundan mustasno) - bu shuni anglatadi-ki, o‘qishni ko‘chirish uchun kamida bir semestrni to‘liq yopgan bo‘lishingiz zarur. Ko‘pchilik biladi fanlardan qarzdorlik mavjud bo‘lsa o‘qishni ko‘chirib bo‘lmaydi, aslida mana shu tartib haqida gap ketyapti.

Xullas, siz 1-kursni tamomlab o‘qishingizni ko‘chirmoqchisiz, lekin yozgi fanlardan qarzdorligingiz mavjud. Ko‘pchilik mana shu narsa o‘qishni ko‘chirishga xalal beradi deb o‘ylaydi, aslida unday emas. Siz ikkinchi semestrni to‘liq tamomlay olmagan bo‘lsangiz ham o‘qishingizni ko‘chira olasiz, birgina sharti birinchi semestrdagi fanlarni to‘liq yopgan bo‘lishingiz zarur. Ikkinchi semestrdagi qarzdorlik muhim ahamiyatga ega emas.