2-sabab
Respublika oliy taʼlim muassasalaridagi mavjud taʼlim shaklidan o‘zga (boshqa) taʼlim shaklida o‘qiganlar - Siz xorijdagi taʼlim muassasasida tahsil olayotgan taʼlim yo‘nalishingiz O‘zbekistonda ham bo‘lishi kerak.
O‘zbekistonda rasman kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shakllari tan olinadi, maxsus sirtqi taʼlim shakliga qabul jarayonlari esa allaqachon yopilgan. Ahamiyat bering, bizda masofaviy taʼlim shakli mavjud emas.
Batafsil tushuntiramiz: xorij mamlakatlari OTMlarida masofaviy taʼlim shakli mavjud, biroq O‘zbekistonda mavjud emas. Siz xorij (jumladan qo‘shni mamlakatlar)dagi OTMda masofaviy taʼlim shaklida tahsil olayotgan bo‘lsangiz O‘zbekistonga o‘qishingizni ko‘chira olmaysiz.
Bundan tashqari, siz o‘qiyotgan oliygohda bakalavriatning taʼlim davri kamida 3 yil bo‘lishi ham talab etiladi, undan oz muddat bo‘lsa ham o‘qishingizni ko‘chira olmaysiz.
Eslatma: Ayni vaqtda xorij (qo‘shni) mamlakatlarda kunduzgi, sirqti va kechki taʼlimni pandemiya sababli masofaviy shaklda o‘qiyotgan talabalar yuqoridagi holatga tushmaydi, yaʼni ularning taʼlim shakli masofaviy taʼlim hisoblanmaydi. Bu degani oqishimni kochira olmas ekanman degan havotirlarga asos yo‘q.
Izoh: Masofaviy taʼlim - bu onlayn taʼlim tushuniladi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom.