O‘qishni ko‘chirish uchun to‘lov qachon amalga oshiriladi?


O‘qishni ko‘chirish uchun to‘lov qachon amalga oshiriladi?

Savol: Men o‘qishni ko‘chirish uchun my.uzbmb.uz sayti orqali ariza topshirdim, lekin to‘lov kvitansiyasi chiqmadi. Qachon va qanday to‘lovni amalga oshirishim kerak?

Javob: O‘qishni ko‘chirish uchun topshirilgan arizalar ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqila boshlanganidan so‘ng arizangiz qabul qilinadi.

Ariza qabul qilinganidan so‘ng, arizaning pastki qismida to‘lov kvitansiyasi shakllanadi. Ushbu kvitansiya orqali 170 ming so‘m to‘lov summasini 5-avgust sanasigacha amalga oshirishingiz mumkin bo‘ladi.