Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’lim sohasidagi videoselektor yig‘ilishida abituriyentlarga qo‘shimcha — oltinchi imkoniyat berish taklifini ilgari surgan edi. Ushbu yangilik bo‘yicha turli savollar paydo bo‘lmoqda. Quyida eng muhim jihatlar izohlanadi.
Qachondan kuchga kiradi?
-
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning ta’kidlashicha, yangi tartib 2025-yildan boshlab amal qiladi.
-
Shu yilgi qabul jarayonidan boshlab abituriyentlar ushbu imkoniyatdan foydalanishi mumkin bo‘ladi.
Qabul qilish tartibi qanday bo‘ladi?
-
Hozircha aniq tartib ishlab chiqilmagan.
-
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi turli variantlarni ko‘rib chiqmoqda.
-
Yakuniy qaror qabul qilingach, rasmiy e’lon qilinadi va barcha talablarga batafsil izoh beriladi.
Kimlar uchun mo‘ljallangan?
-
Bu imkoniyat faqat beshta tanlagan yo‘nalishiga ham kira olmagan abituriyentlarga tegishli.
-
Agar abituriyent grant yoki kontrakt asosida birorta yo‘nalishga qabul qilingan bo‘lsa, unga oltinchi yo‘nalishni tanlash huquqi berilmaydi.
Bu super-kontraktmi?
-
Yo‘q, bu super-kontrakt emas.
-
Oltinchi imkoniyat faqat kvotasi to‘lmay qolgan yo‘nalishlarda amal qiladi.
-
Agar bir yo‘nalishda barcha o‘rinlar to‘lgan bo‘lsa, u oltinchi tanlov sifatida ko‘rsatilmaydi.
Qaysi yo‘nalishni tanlash mumkin?
-
Tanlangan oltinchi yo‘nalish abituriyent topshirgan fanlar majmuasiga mos bo‘lishi shart.
-
Masalan:
-
Biologiya fanidan imtihon topshirgan abituriyent yurisprudensiya yo‘nalishini tanlay olmaydi.
-
Matematika va fizika majmuasi bo‘yicha topshirgan abituriyent texnika yo‘nalishlarini tanlashi mumkin.
-
Nima uchun bu imkoniyat joriy etilmoqda?
-
Ba’zi yo‘nalishlarda kvotalar to‘lmay qolmoqda, bu esa resurslardan to‘liq foydalanilmasligiga olib kelmoqda.
-
Shu bois bo‘sh o‘rinlarni abituriyentlarga qo‘shimcha imkoniyat sifatida taqdim etish rejalashtirilmoqda.
-
Bu tizim orqali:
-
O‘quvchi va ota-onalar uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratiladi.
-
Oliy ta’lim muassasalari bo‘sh o‘rinlarsiz to‘liq shakllanadi.
-