My.oliygoh.uz My.oliygoh.uz Hujjat topshirish

Abituriyentlar ruxsatnomalarini yuklab olish boshlandi


2026/2027-o‘quv yilida oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

Endilikda abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsatnomani my.uzbmb.uz sayti orqali yuklab olishlari mumkin.

Buning uchun abituriyent shaxsiy identifikatsiya raqami, pasport seriyasi va raqamini kiritadi. Shundan so‘ng ruxsatnomani elektron shaklda olish imkoniyati yaratiladi.

“Abituriyent ruxsatnomasi” test sinoviga kirish uchun zarur bo‘lgan asosiy hujjatlardan biri hisoblanadi. Unda abituriyentning test topshirish joyi, vaqti va boshqa muhim ma’lumotlari ko‘rsatiladi.

Abituriyentlar test sinoviga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. Testga kirish uchun abituriyentda pasport yoki ID-karta hamda abituriyent ruxsatnomasi bo‘lishi shart.

Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan abituriyentlar test sinoviga kiritilmaydi.

Shuningdek, belgilangan vaqtdan kechikib kelgan abituriyentlar ham test sinovlarida ishtirok eta olmaydi.

Shu sababli abituriyentlarga ruxsatnomani oldindan yuklab olish, undagi ma’lumotlarni diqqat bilan tekshirish va test kuni belgilangan manzilga vaqtida yetib borish tavsiya etiladi.

Ruxsatnomani olish uchun sayt: my.uzbmb.uz.