O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida" qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra 2021-2022-o‘quv yili uchun davlat buyurtmasi parametrlari:
bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:
- kunduzgi ta’lim shakliga – 113 530 nafar;
- sirtqi ta’lim shakliga – 37 675 nafar;
- kechki ta’lim shakliga – 6 550 nafar;
magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 12 900 nafar;
filiallar va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha – 500 nafar etib tasdiqlandi.
Shuningdek, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha qo‘shimcha 2 000 ta davlat granti asosidagi qabul parametrlari ajratiladi.