2026/2027-o‘quv yili uchun umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari asosida texnikumlarga kunduzgi va dual ta’lim shakllari bo‘yicha qabul parametrlari tasdiqlandi. Bu haqda Kasbiy ta’lim agentligi axborot xizmati ma’lum қилди.
Mazkur qarorga ko‘ra, 516 ta texnikumda 152 ta kasb yo‘nalishi bo‘yicha jami 184 207 ta qabul kvotasi belgilangan.
Shundan:
-
130 247 ta o‘rin kunduzgi ta’lim shakliga
-
53 960 ta o‘rin dual ta’lim shakliga ajratilgan
Bundan tashqari, umumiy kvotadan 1300 ta o‘rin 14 ta Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumiga o‘quvchilarni davlat granti asosida qabul qilish uchun ajratildi.
Ta’kidlanishicha, 9-sinf bitiruvchilari uchun belgilangan kvotalarning barchasi to‘liq davlat granti asosida shakllantirilgan.
Yo‘nalishlar bilan quyidagi fayllar orqali tanishish mumkin.