Prezident farmoyishiga muvofiq, 2026/2027-o‘quv yilida bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 36 023 ta davlat granti ajratilishi belgilangan.
Magistratura bosqichining kunduzgi ta’lim shakli uchun esa 10 191 ta davlat granti ajratiladi.
Shu tariqa, 2026/2027-o‘quv yilida bakalavriat va magistratura kunduzgi ta’lim shakllari bo‘yicha jami 46 214 ta davlat granti nazarda tutilgan.
Hujjatda davlat buyurtmasi kvotalari 2025/2026-o‘quv yili hamda keyingi uch o‘quv yili uchun yo‘nalishlar kesimida belgilangan. Kvotalar iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib shakllantirilgan.
Bakalavriat bosqichida eng ko‘p grant o‘rinlari muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalariga ajratilgan. Ushbu yo‘nalish uchun 2026/2027-o‘quv yilida 10 478 ta grant belgilangan.
Tabiiy fanlar, matematika va statistika yo‘nalishiga 5 012 ta, ta’lim sohasiga 4 613 ta, qishloq, o‘rmon, baliq xo‘jaligi va veterinariya yo‘nalishlariga 3 566 ta davlat granti ajratilgan.
Davlat komissiyasiga ehtiyojdan kelib chiqib, tasdiqlangan grant kvotalari doirasida ayrim o‘zgartirishlar kiritish vakolati berilgan.
Alohida qayd etish kerakki, ushbu farmoyish bilan davlat granti kvotalari yo‘nalishlar va sohalar kesimida tasdiqlandi. Grant o‘rinlarining aniq oliy ta’lim muassasalari va ta’lim tillari bo‘yicha batafsil taqsimoti keyinchalik tasdiqlanadi.
2026/2027 OʻQUV YILI UCHUN DAVLAT BUYURTMASI
Bakalavriat, kunduzgi taʼlim shakli
(Prezidentning 2024-yil 18-iyuldagi F–43-son farmoyishi, 1-ilova)
JAMI: 36 023
TAʼLIM — 4 613
1.1. Pedagogika — 210
1.2. Maktabgacha taʼlim — 450
1.3. Maxsus pedagogika — 400
1.4. Boshlangʻich taʼlim — 410
1.5. Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi — 190
1.6. Musiqa taʼlimi — 200
1.7. Oʻzbek tili va adabiyoti — 575
1.8. Ona tili va adabiyoti — 540
1.9. Xorijiy til va adabiyoti — 820
1.10. Chaqiriqqacha harbiy taʼlim — 68
1.11. Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi — 130
1.12. Jismoniy madaniyat — 380
1.13. Texnologik taʼlim — 240
SANʼAT VA GUMANITAR FANLAR — 3 120
2.1. Sanʼat — 800
2.1.1. Texnogen sanʼat — 10
2.1.2. Kino-teleoperatorlik — 5
2.1.3. Muzeyshunoslik — 50
2.1.4. Dizayn — 155
2.1.5. Rangtasvir — 40
2.1.6. Grafika — 5
2.1.7. Haykaltaroshlik — 5
2.1.8. Amaliy sanʼat — 20
2.1.9. Bastakorlik sanʼati — 20
2.1.10. Sanʼatshunoslik — 40
2.1.11. Aktyorlik sanʼati — 30
2.1.12. Rejissyorlik — 15
2.1.13. Dirijyorlik — 15
2.1.14. Vokal sanʼati — 85
2.1.15. Cholgʻu ijrochiligi — 160
2.1.16. Xoreografiya — 40
2.1.17. Xalq ijodiyoti — 80
2.1.18. Madaniyatshunoslik — 25
2.2. Gumanitar fanlar (tillardan tashqari) — 405
2.2.1. Dinshunoslik — 5
2.2.2. Islomshunoslik — 5
2.2.3. Tarix — 300
2.2.4. Arxeologiya — 45
2.2.5. Falsafa — 40
2.2.6. Antropologiya va etnologiya — 10
2.3. Tillar — 1 915
2.3.1. Filologiya va tillarni oʻqitish — 1 570
2.3.2. Tarjima nazariyasi va amaliyoti — 305
2.3.3. Noshirlik ishi — 10
2.3.4. Kompyuter lingvistikasi — 30
IJTIMOIY FANLAR, JURNALISTIKA VA AXBOROT — 590
3.1. Ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar — 315
3.1.1. Siyosatshunoslik — 40
3.1.2. Xalqaro munosabatlar — 35
3.1.3. Psixologiya — 185
3.1.4. Sotsiologiya — 55
3.2. Jurnalistika va axborot — 275
3.2.1. Jurnalistika — 130
3.2.2. Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar — 50
3.2.3. Arxivshunoslik — 25
3.2.4. Kutubxona-axborot faoliyati — 70
BIZNES, BOSHQARUV VA HUQUQ — 978
4.1. Biznes va boshqaruv — 818
4.1.1. Iqtisodiyot — 270
4.1.2. Buxgalteriya hisobi — 130
4.1.3. Soliqlar va soliqqa tortish — 10
4.1.4. Moliya va moliyaviy texnologiyalar — 60
4.1.5. Bank ishi — 35
4.1.6. Statistika — 25
4.1.7. Menejment — 110
4.1.8. Biznesni boshqarish — 45
4.1.9. Inson resurslarini boshqarish — 15
4.1.10. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar — 55
4.1.11. Marketing — 60
4.1.12. Savdo ishi — 3
4.2. Huquq — 160
4.2.1. Yurisprudensiya — 145
4.2.2. Davlat va jamiyat boshqaruvi — 15
TABIIY FANLAR, MATEMATIKA VA STATISTIKA — 5 012
5.1. Biologik va turdosh fanlar — 685
5.1.1. Biologiya — 685
5.2. Atrof-muhit — 445
5.2.1. Meteorologiya va iqlimshunoslik — 65
5.2.2. Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi — 380
5.3. Fizika va tabiiy fanlar — 2 547
5.3.1. Kimyo — 830
5.3.2. Geografiya — 485
5.3.3. Geologiya — 154
5.3.4. Gidrologiya — 85
5.3.5. Fizika — 765
5.3.6. Mexanika va matematik modellashtirish — 195
5.3.7. Astronomiya — 18
5.3.8. Seysmologiya va seysmometriya — 15
5.4. Matematika va statistika — 1 335
5.4.1. Matematika — 985
5.4.2. Amaliy matematika — 350
AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI — 2 274
6.1. Axborot tizimlari va texnologiyalari — 545
6.2. Axborot xavfsizligi — 185
6.3. Kompyuter injiniringi — 380
6.4. Dasturiy injiniring — 265
6.5. Sunʼiy intellekt — 210
6.6. Telekommunikatsiya texnologiyalari — 260
6.7. Televizion texnologiyalar — 105
6.8. Pochta aloqasi texnologiyasi — 28
6.9. Radioelektron qurilmalar va tizimlar — 65
6.10. Simsiz aloqa va teleradioeshittirish injiniringi — 20
6.11. Infokommunikatsiya injiniringi — 26
6.12. Kiberxavfsizlik injiniringi — 185
MUHANDISLIK, ISHLOV BERISH VA QURILISH SOHALARI — 10 478
7.1. Muhandislik ishi — 4 873
7.1.1. Kimyo muhandisligi — 470
7.1.2. Biotexnologiya — 415
7.1.3. Matbaa va qadoqlash muhandisligi — 31
7.1.4. Energetika muhandisligi — 970
7.1.5. Elektr muhandisligi — 375
7.1.6. Gidroenergetika — 75
7.1.7. Elektronika va asbobsozlik — 165
7.1.8. Metrologiya va standartlashtirish — 330
7.1.9. Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish — 602
7.1.10. Mexatronika va robototexnika — 130
7.1.11. Biotibbiyot muhandisligi — 120
7.1.12. Metallurgiya muhandisligi — 120
7.1.13. Metallar texnologiyalari — 109
7.1.14. Transport vositalari muhandisligi — 395
7.1.15. Aviatsiya muhandisligi — 40
7.1.16. Kosmik texnologiyalar — 12
7.1.17. Aerokosmik texnologiyalar — 10
7.1.18. Atrof-muhit muhandisligi — 62
7.1.19. Barqaror transport — 17
7.1.20. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari — 30
7.1.21. Mexanika muhandisligi — 395
7.2. Ishlab chiqarish va ishlov berish sohalari — 3 523
7.2.1. Oziq-ovqat texnologiyasi — 640
7.2.2. Parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi — 20
7.2.3. Materialshunoslik — 315
7.2.4. Texnologik mashinalar va jihozlar — 430
7.2.5. Gazni chuqur qayta ishlash texnologiyasi — 57
7.2.6. Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi — 285
7.2.7. Yengil sanoat muhandisligi — 705
7.2.8. Konchilik ishi — 230
7.2.9. Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi — 109
7.2.10. Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi — 25
7.2.11. Neft va gaz ishi — 130
7.2.12. Konchilik elektr mexanikasi — 115
7.2.13. Geologiya-qidiruv ishlari texnikasi va texnologiyasi — 25
7.2.14. Noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish, qayta ishlash texnikasi va texnologiyasi — 30
7.2.15. Geodeziya va geoinformatika — 300
7.2.16. Kartografiya va masofadan zondlash — 45
7.2.17. Kadastr — 62
7.3. Arxitektura va qurilish — 2 082
7.3.1. Arxitektura — 340
7.3.2. Kommunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarish — 83
7.3.3. Qurilish muhandisligi — 725
7.3.4. Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va ekspluatatsiyasi — 260
7.3.5. Yoʻl muhandisligi — 325
7.3.6. Gidrotexnika va geotexnika muhandisligi — 205
7.3.7. Qiymat injiniringi va koʻchmas mulkni boshqarish — 42
7.3.8. Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restavratsiyasi — 47
7.3.9. Shahar qurilishi va loyihalash — 55
QISHLOQ, OʻRMON, BALIQ XOʻJALIGI VA VETERINARIYA — 3 566
8.1. Qishloq xoʻjaligi — 2 976
8.1.1. Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish — 465
8.1.2. Agrokimyo va tuproqshunoslik — 185
8.1.3. Tuproq bonitirovkasi va yer degradatsiyasi — 56
8.1.4. Agronomiya — 285
8.1.5. Oʻsimliklar himoyasi va karantini — 205
8.1.6. Qishloq xoʻjaligi ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi — 135
8.1.7. Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi — 370
8.1.8. Zooinjeneriya — 210
8.1.9. Ipakchilik va tutchilik — 50
8.1.10. Meva-sabzavotchilik va uzumchilik — 265
8.1.11. Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi — 115
8.1.12. Suv xoʻjaligi va melioratsiya — 285
8.1.13. Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish — 120
8.1.14. Meliorativ gidrogeologiya — 40
8.1.15. Suv taʼminoti muhandislik tizimlari — 50
8.1.16. Yer kadastri va yer tuzish — 140
8.2. Oʻrmon xoʻjaligi — 175
8.2.1. Oʻrmonchilik va aholi yashash joylarini koʻkalamzorlashtirish — 175
8.3. Baliq xoʻjaligi — 50
8.3.1. Suv bioresurslari va akvakultura — 50
8.4. Veterinariya — 365
8.4.1. Veterinariya meditsinasi — 225
8.4.2. Veterinariya farmatsevtikasi — 40
8.4.3. Veterinariya-sanitariya ekspertizasi — 100
SOGʻLIQNI SAQLASH VA IJTIMOIY TAʼMINOT — 3 420
9.1. Sogʻliqni saqlash — 3 260
9.1.1. Stomatologiya — 260
9.1.2. Davolash ishi — 1 350
9.1.3. Pediatriya ishi — 720
9.1.4. Tibbiy profilaktika ishi — 300
9.1.5. Oliy hamshiralik ishi — 110
9.1.6. Fundamental tibbiyot — 270
9.1.7. Farmatsiya — 160
9.1.8. Sanoat farmatsiyasi — 90
9.2. Ijtimoiy taʼminot — 160
9.2.1. Ijtimoiy ish — 160
XIZMATLAR — 1 972
10.1. Xizmat koʻrsatish sohasi — 1 615
10.1.1. Turizm va mehmondoʻstlik — 450
10.1.2. Sport faoliyati — 795
10.1.3. Adaptiv jismoniy tarbiya va sport — 60
10.1.4. Logistika — 310
10.2. Gigiena va ishlab chiqarishda mehnat muhofazasi — 205
10.2.1. Hayot faoliyati xavfsizligi — 40
10.2.2. Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi — 165
10.3. Transport xizmatlari — 152
10.3.1. Havodagi harakatni boshqarish — 25
10.3.2. Yoʻl harakatini tashkil etish — 115
10.3.3. Havo kemalarining parvoz ekspluatatsiyasi — 12