Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ajratilgan qo‘shimcha grant uchun o‘tish ballari


2024 yilda Respublika miqyosida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun jami 3 ming 898 ta (2023 yilga nisbatan 95 taga ko‘p) davlat granti bo‘yicha alohida kvota ajratilgan edi.

Ta’lim shakllari kesimida:

  • kunduzgi — 2 560 ta;
  • sirtqi — 1 043 ta;
  • kechki — 183 ta;
  • masofaviy — 112 ta.

Bu imtiyozli kvotalar tanlangan beshta yo‘nalishga ham o‘tadi. Oddiy abituriyentlar uchun imtiyozlar faqat birinchi yo‘nalishga taalluqli bo‘lsa, nogironligi bor shaxslar uchun istisno sifatida beshalasiga ham o‘tishi belgilangan. Shuni eslatib o‘tish kerakki, imtiyozli kvota yo‘nalishlar kesimida emas, OTMlar kesimida beriladi.

Har bir oliy ta’lim muassasasiga ajratilgan kvotalar soni, ta‘lim shakli va grantga o‘tish bali bo‘yicha to‘liq ro‘yxat quyida jadval ko‘rinishida shakllantirilgan.