Nodavlat oliy o‘quv yurtlariga kirish istagida bo‘lgan o‘zbekistonliklar tanlovda hushyor bo‘lishi lozim - Ta'lim inspeksiyasi


Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga kirish istagida bo‘lgan o‘zbekistonliklar o‘quv dargohini tanlashda hushyorroq bo‘lishga chaqiriladi. Bu ko‘pincha ta'lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziyaga ega bo‘lmagan nodavlat universitetlarga taalluqlidir. Ularning ayrimlari hattoki xorijda ta’lim olayotgan yurtdoshlarimizga o‘qishlarini O‘zbekistonga imtihonsiz ko‘chirish bo‘yicha va’dalar berishadi. Mazkur holatlar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ma’lumot berib, fuqarolarni ogohlikka chaqirdi.

Qayd etilishicha, ko‘pchilik “Vodiy innovatsion universiteti, Samarqand-Koreya xalqaro universiteti, Angren-Koreya xalqaro universiteti, Xalqaro Yevropa universiteti kabi muassasalarning diplomlari O‘zbekistonda tan olinadimi?" degan savolni berishadi.

“Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining maʼlum qilishicha, yuqorida nomi keltirilgan ta’lim tashkilotlari O‘zbekistonda oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish huquqini beruvchi hech qanday litsenziyaga ega emas. Qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq, Ta’lim inspeksiyasidan oliy ta’lim xizmatlari ko‘rsatish uchun litsenziya olmagan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan berilgan diplomlar tan olinmaydi", — deyiladi xabarda.

O‘z navbatida so‘nggi yillarda nodavlat ta’lim tashkilotlari soni bir necha barobarga oshib, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari o‘rtasida, shuningdek, nodavlat ta’lim tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro sog‘lom raqobat muhiti shakllanmoqda.

Shuningdek, 2018 – 2020 yillar oralig‘ida litsenziyaga ega bo‘lgan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari soni esa 13 tani tashkil etgan bo‘lsa, amalga oshirilgan islohotlarning natijasida birgina 2021 yilning o‘tgan davri mobaynida 18 ta nodavlat oliy ta’lim tashkiloti faoliyati litsenziyalandi.

Ta'kidlanishicha, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi veb-saytida nodavlat ta’lim tashkilotlari reyestri mavjud bo‘lib, unda litsenziyalangan ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar muntazam joylashtirilib borilmoqda. Hozirda tasdiqlangan muassasalar ro‘yxati quyidagicha: