O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 noyabrdagi “Toshkent shahrida Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutini tashkil etish to‘g‘risida"gi PQ-4524-son qarori ijrosini taʼminlash hamda Navoiy viloyatining ishlab chiqarish-sanoat tarmog‘i uchun yuqori malakali, muhim ilmiy-texnologik vazifalarni hal qilishga qodir yuqori malakali muhandis-texnik kadrlarni xalqaro taʼlim standartlari darajasida tayyorlash maqsadida Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutining Navoiy shahrida filiali tashkil etilmoqda.
Filialda o‘qitish 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi davlat taʼlim standartlari talablarini eʼtiborga olgan holda Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejalar va dasturlar bo‘yicha amalga oshiriladi.