M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali


Oliy maʼlumotli yuqori malakali kadrlar tayyorlashni yana-da rivojlantirish va takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda iqtidorli yoshlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish va ulardan samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish, oliy taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida “M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan 2006 yilda M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filialini taʼsis etilgan.

M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida qabul qilingan normalarga va oliy taʼlim sifatiga qo‘yiladigan umumiy eʼtirof etilgan xalqaro talablarga, O‘zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi maqsad va vazifalariga muvofiq yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash Filialning asosiy vazifasi hisoblanadi.

M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filialiga talabalarni qabul qilish jarayonida "Amaliy matematika va informatika" va “Psixologiya" bakalavr dasturi bo‘yicha o‘qish uchun tanlov asosida o‘tkaziladi. O‘qish muddati 4 yil.

“Psixologiya" yo‘nalishi bo‘yicha kirish imtihonlari:

  • Matematika (rus tilida yozma)
  • Biologiya (rus tilida yozma)
  • Rus tili (insho, bayon)

"Amaliy matematika va informatika" yo‘nalishi bo‘yicha kirish imtihonlari:

  • Matematika (rus tilida yozma)
  • Informatika (rus tilida yozma)
  • Rus tili (insho, bayon)

Qabul kvotalari (2019 yil holatiga ko‘ra):

  1. Amaliy matematika va informatika: Umumiy 50 ta, shundan 20 ta davlat granti;
  2. Psixologiya: Umumiy 50 ta, shundan 20 ta davlat granti;


Magistratura 

“Psixologiya" yo‘nalishi bo‘yicha kirish imtihonlari:

  • Psixologiya (rus tilida yozma)
  • Chet tili (yozma)

"Amaliy matematika va informatika" yo‘nalishi bo‘yicha kirish imtihonlari:

  • Matematika (rus tilida yozma)

Qabul kvotasi (2019 yil holatiga ko‘ra):

  1. Amaliy matematika va informatika: Umumiy 10 ta, shundan 4 ta davlat granti;
  2. Psixologiya: Umumiy 10 ta, shundan 4 ta davlat granti;

Kerakli hujjatlar to‘plami:

  • Ariza (filialni o‘zida to‘ldiriladi);
  • pasportning rus tiliga notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan nusxasi;
  • davlat standartiga mos taʼlim to‘g‘risidagi hujjatining asli hamda nusxasi (oliy maʼlumot to‘g‘risida - magistraturaga hujjat topshiruvchilar uchun);
  • 3x4 o‘lchamdagi 6 ta fotosurat (matovoy qog‘ozda chop etilgan oq-qora yoki rangli bo‘lishi, bosh kiyimsiz rasmga tushirilgan bo‘lishi zarur);
  • papka;
  • A5 konvert.

Hujjatlarni topshirish jarayonida quyidagi hujjatlar bo‘lishi shart:

  • Pasportning asl nusxasi;
  • davlat standartiga mos taʼlim to‘g‘risidagi hujjatining asli hamda nusxasi

Eʼtibor bering, Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filialida talabalar uchun yotoqxona mavjud emas.