Mutlaqo shaffof va aldovlarsiz! Yangi tartibdagi test sinovlariga bag‘ishlangan videorolik


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-noyabrda «Respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan edi.

Mazkur qaror natijasida jamoatchilik, abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga test sinoviga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha quyidagi yangilik hamda o‘zgarishlar kiritilgan edi:

— test sinovlari 1-avgustdan 15-avgustga qadar o‘tkaziladi.

— kirish test sinovlari natijalari test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

— test sinovlari Toshkent shahrida «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazmalar majmuasi pavilonlarida, unga yondosh qo‘shimcha yig‘ma pavilonlarda, katta sig‘imdagi binolarda, viloyatlarda Olimpiya zaxiralari kollejlari yoki boshqa tashkilotlarga tegishli sig‘imi katta binolarda o‘tkaziladi.

Davlat test markazi yangi tartibda o‘tkaziladigan test sinovlariga bag‘ishlangan videorolikni taqdim etdi. Videoga ko‘ra, test sinovlari mutlaqo shaffoflik va ochiqlik tarzida o‘tkaziladi. Birovning o‘rniga boshqasi kirishi yoki boshqa aldovlar umuman ish bermaydi. Buni quyida o‘zingiz ko‘rishingiz mumkin.


Manba: xabar.uz