Vazirlar Mahkamasining “OTM talabalariga to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga qo‘shimcha kiritiladi.
Hujjat loyihasiga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 yanvardagi 59-son qarori quyidagilarni nazarda tutuvchi 5-ilova bilan to‘ldiriladi:
- o‘quvchilar, qizlar alohida qobiliyati va iqtidori munosib rag‘batlantirib boriladi;
- stipendiya sovrindorlari uchun mezonlar va ularga nisbatan ballar aniq belgilanadi;
- stipendiya sovrindorlari aniqlangandan so‘ng uni taqdim etish mexanizmlari ketma-ketligi aniq belgilanadi.
Tarkibida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilariga “Rektor stipendiyasi"ni tayinlash va to‘lashda shaffoflik, xolislikka to‘liq amal qilinadi.
Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘z tizimidagi o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida “Rektor stipendiyasi"ni joriy etish tavsiya etiladi.