Har bir o‘quvchiga fanlarni o‘zlashtirishidan qat’i nazar bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida stipendiya to‘lanishi ko‘zda tutilmoqda.
2026/2027 o‘quv yilidan boshlab texnikumlarda dual ta’limda tahsil olayotgan o‘quvchilarga stipendiya to‘lash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Bunda har bir o‘quvchiga fanlarni o‘zlashtirishidan qat’i nazar bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida, fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari 85 foizdan yuqori hamda kasblar bo‘yicha respublika va xorijiy tanlovlar g‘olibi bo‘lgan o‘quvchilarga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida stipendiya to‘lanishi ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, texnikumlarda xalqaro ta’lim asosida kadrlar tayyorlash kengaytiriladi.
Xususan, O‘zbekiston – Xitoy ustaxonalari tashkil etiladigan texnikumlar ro‘yxatini shakllantiriladi hamda belgilangan texnikumlarda Xitoy tomoni bilan ustaxonalarni tashkil etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkaziladi. Muzokaralar natijalariga ko‘ra O‘zbekistondagi 20 ta texnikumda O‘zbekiston–Xitoy ustaxonalari tashkil etiladi.
Shuningdek, Germaniya, Shveytsariya, Xitoy, Koreya va Buyuk Britaniya kabi davlatlarning xalqaro ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlaydigan texnikumlar ro‘yxati shakllantiriladi.
Xalqaro ta’lim dasturlari asosida 8 ming nafar o‘quvchini qamrab olish rejalashtirilgan.