O‘zbekiston Respublikasi hududida atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha loyihani amalga oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligining atom energetikasi va yadro texnologiyalari sohasida kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida “MMFI" milliy tadqiqot yadro universiteti" federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filialida 2021/2022 o‘quv yili uchun bakalavrlarni tayyorlash bo‘yicha qabul parametrlari 100 o‘rin miqdorida belgilandi.
“MMFI" milliy tadqiqot yadro universiteti" federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining (Rossiya Federatsiyasi) Toshkent shahridagi filialida 2021/2022 o‘quv yili uchun bakalavrlarni tayyorlash bo‘yicha qabul
PARAMETRLARI
T/r |
Ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) nomi |
Qabul kvotasi |
1. |
Yadro energetikasi va issiqlik fizikasi |
25 |
2. |
Yadro fizikasi va texnologiyalari |
25 |
3. |
Issiqlik energetikasi va issiqlik texnikasi |
25 |
4. |
Elektroenergetika va elektrotexnika |
25 |
Jami: |
100 |