Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialiga malayziyalik investorlar tashrif buyurdi.
Xiva shahrida Malayziya kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan «Hadidnet» FE LLK kompaniyasi ish boshlayotganligi munosabati bilan yosh kadrlarni kompaniyaga ishga qabul qilish maqsadida TATU Urganch filialining iqtidorli bitiruvchi yoshlari bilan muloqot o‘tkazildi. Muloqot davomida talabalar o‘zlarining olib borayotgan tadqiqot ishlari va amalga oshirayotgan loyihalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Malayziyalik investorlar telekommunikatsiya sohasida kadrlar tayyorlash va yoshlarni ish bilan ta’minlash, axborot texnologiyalari sohasida smart loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlik qilish bo‘yicha taklif bildirdilar.
Tashrif davomida horijiy mehmonlar TATU Urganch filiali qoshida faoliyat yuritayotgan Innovatsion texnomarkaz faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar.
Shu bois, malayziyalik investorlar bilan kelgusida innovatsion texnomarkaz bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida kelishib olindi.
Manba: xabar.uz