Litseylarga hujjat topshirish 1 iyundan 30 iyungacha davom etadi


Qaror bilan tasdiqlanishi nazarda tutilgan nizomga ko‘ra:

  • akademik litseylarga abituriyentlarni o’qishga qabul qilish uchun ro’yxatdan o’tkazish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali har yili 1 iyundan 30 iyunga qadar bepul amalga oshiriladi;
  • abituriyent o‘zi to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlariga 30 iyundan so‘ng o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishi taqiqlanadi.

Shuningdek:

  • imtihonlar (dastlabki yozma imtihon va kirish test sinovlari) akademik litseyda ta’lim olib boriladigan tilda (o‘zbek, rus, qoraqalpoq tili) o‘tkaziladi;
  • imtihon (dastlabki yozma imtihon va kirish test sinovlari) materiallari (topshiriqlari) umumta’lim fanlari (5-9 sinflar) dasturlari asosida tuziladi;
  • dastlabki yozma imtihon natijalari qoniqarli va undan yuqori baholangan abituriyentlarga Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan kirish test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat beriladi;
  • abituriyentlarning dastlabki yozma imtihonda to‘plangan ballari tanlov natijalarini e’lon qilishda inobatga olinmaydi.