Maktab 6 yoshdan: O‘zbekistonda 12 yillik umumiy ta’lim tizimiga o‘tiladi


O‘zbekistonda 12 yillik umumiy ta’lim joriy etiladi. Bu haqda maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Sardor Rajabov ma’lum qildi.

12 yillik ta’limga o‘tish xalqaro standartlar bilan bog‘liq: 2022 yilgi PISA ma’lumotlariga ko‘ra, yuqori natijalarga erishgan mamlakatlarning 85 foizi 12 yillik maktab ta’limiga ega.

Olti yoshli bolalar uchun maktabga tayyorgarlik yili endi boshlang‘ich ta’limga kiritiladi. Mamlakatda 3,6 mingta maktab va 1 mingdan ortiq davlat bog‘chalari tashkil etiladi, ularda bolalar yangi tayyorgarlik dasturidan o‘tadi.

12 yillik ta’lim tizimi uch bosqichdan iborat bo‘ladi:

  • 1 yil tayyorgarlik va 4 yil boshlang‘ich maktab;
  • 5 yillik asosiy umumiy o‘rta ta’lim (5–9-sinflar);
  • maktablar, akademik litseylar, harbiy bilim yurtlari va texnikumlarda 2 yillik to‘liq umumiy o‘rta ta’lim.

Yangilik mavjud muammolarni tizimli hal etish, o‘quv dasturlarini xalqaro standartlarga muvofiqligini oshirish va o‘quvchilarni keyingi ta’limga tayyorlashni yaxshilash imkonini beradi.