Linguaskill sertifikati abituriyentlar uchun inobatga olinadimi?


Vazirlar Mahkamasining 395-son qaroriga muvofiq OTMlarga kirishda chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan maksimal ball beriladi.

Bunda ingliz tilidan xalqaro imtihon tizimlari ro‘yxatida Cambridge Assessment English Linguaskill sertifikati ham mavjud va mazkur sertifikat OTMlarning bakalavriatiga kirishda inobatga olinadi.

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan quyidagi tartib belgilandi:

2023-2024-o‘quv yilidan boshlab davlat OTMlariga o‘qishga qabul qilishda Cambridge Assessment English Linguaskill xalqaro sertifikati faqatgina Cambridge Assessment English tashkilotining rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan imtihon markazlarida tashkilot vakillarining bevosita nazorati ostida imtihon topshirib olgan abituriyentlar uchun inobatga olinadi.

Demak, Linguaskill sertifikatini rasmiy imtihon markazlarida bevosita ishtirok etgan holda imtihon topshirib olgan abituriyentlarga maksimal ball beriladi. Imtihon markazlariga bormasdan onlayn tarzda olingan sertifikatlar esa inobatga olinmaydi.