O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori boshchiligidagi delegatsiya Turkiyaga bordi. Bu haqda «TRT avaz» xabar bermoqda.
Rektor Sherzod Qudratxo‘jayev boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Turkiya radiotelevideniye tashkilotida bo‘ldi.
«TRT» bosh direktori Ibrohim Eren va «TRT avaz» kanali koordinatori Sedat Sag‘irkaya hamda Sherzod Qudratxo‘jayev media tizimida hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.
O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining iqtidorli talabalari «TRT»da malaka oshirishi, «TRT»ning salohiyatli boshlovchilari esa O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalariga saboq berishi zarurligi aytib o‘tildi.
Sherzod Qudratxo‘jayev G‘oziy, Hojattepa, Anqara universitetilariga ham bordi.
Manba: xabar.uz