Jizzax shahrida Hindistonning “Sambhram” universiteti tashkil etildi


Hukumat qarori (401-son, 29.06.2021 y.) bilan Jizzax shahrida “Sambhram" universiteti tashkil etildi

“Sambhram" universiteti (Hindiston) nodavlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida oliy maʼlumotli kadrlarni tayyorlash Universitetning asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlaridan biridir.

Universitetda o‘qitish kunduzgi taʼlim shaklida ingliz, rus tillari va davlat tilida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul parametrlari Universitet tomonidan belgilanadi.

Universitet bitiruvchilariga O‘zbekiston va Hindistonda oliy taʼlim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan diplom beriladi.

Qarorga ko‘ra, Universitetga har yili qabul qilinadigan talabalarning 20 %ni o‘qitish uchun imtiyozli taʼlim grantlari ajratiladi. Bunda talabalarning 5% ni bepul o‘qitish, 5% ga 50%, 10% 25 % to‘lov-kontrakt miqdorini to‘lab berish bo‘yicha imtiyozlar taqdim etiladi.