Jamoat xavfsizligi universitetida qaysi yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlanishi maʼlum bo‘ldi


10 may kuni AOKAda Milliy gvardiya hamda Jamoat xavfsizligi universiteti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda universitet faoliyati hamda sohaga malakali kadrlar tayyorlash tizimi muhokama etildi.

“Jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qarori mamlakatimizning tinchligi va osoyishtaligiga bo‘lgan har qanday tahdidlarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimini ilg‘or xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va Qurolli Kuchlarning kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida qabul qilingan.

Qaror bilan Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti etib qayta tashkil qilinib, malakali kadrlarni maqsadli tayyorlashni amalga oshiruvchi bazaviy oliy harbiy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasasi etib belgilandi.

Universitetda Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya uchun — jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasining tegishincha jamoat tartibini saqlash, yo‘l harakati xavfsizligi va pasport tizimi talablarini amalga oshirish yo‘nalishlarida, Qurolli Kuchlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun — harbiy diplomatiya, yurisprudensiya va iqtisodiyot hamda muhandislik-texnik, tarbiyaviy-psixologik va qo‘mondonlik-taktik faoliyat sohasida hamda o‘z qo‘riqlash tuzilmalariga ega bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari uchun — qo‘riqlash faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish sohasining barcha yo‘nalishlarida malakali kadrlar tayyorlanadi.

Universitetda professional kadrlarni tayyorlash jarayoniga bakalavriat va magistraturani o‘z ichiga oluvchi ikki bosqichli oliy taʼlim tizimi joriy etilmoqda. Universitetning asosiy vazifasi —malakali mutaxassislarni tegishli ixtisoslik va huquqshunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha chuqurlashtirilgan holda o‘qitish hamda ularni jangovar va jismoniy tayyorgarlikdan o‘tkazish orqali maqsadli tayyorlash.

Universitetda tashkil etilayotgan Axborot resurs markazi, situatsion markaz va eng zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlangan o‘quv auditoriyalari o‘quv jarayonini o‘qitishning zamonaviy shakl va uslublari, pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda nazariya va amaliyot uzviyligini taʼminlash orqali tashkil etish imkonini beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetidagi ta’lim mutaxassisliklari (yo‘nalishlari)

RO‘YXATI


* oliy ma’lumotga ega bo‘lmaganlar uchun — 4 yil, oliy ma’lumotga ega bo‘lganlar uchun 3 yil.

** kadrlarni umumfuqaroviy asosda tayyorlash.