Bobur Shoyoqubov O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Bobur Shoyoqubov prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
![](https://static.abt.uz/post/61ebd8ca8f675.jpeg)
Qurolli Kuchlar akademiyasining avvalgi boshlig‘i Shavkatbek Mamajonov Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mamajonov 2021-yilning martida O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoni bilan Qurolli Kuchlar akademiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.