Harbiy sohada o‘qishni xohlaganlar uchun qabul davom etmoqda


Huquqni muhofaza qilish akademiyasida 2023/2024-o‘quv yili uchun “Tergov faoliyati" mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaga qabul davom etmoqda.

Magistraturaga tanlov vakolatli davlat organlarida kamida 3 yil xizmatni o‘tagan “Yurisprudensiya" bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tayanch oliy yuridik ma’lumotga ega amaldagi xodimlari (harbiy xizmatchilari) orasida o‘tkaziladi.

O‘qitish bepul, 1 yillik.

Nomzodlar tomonidan hujjatlar 10-iyun kuniga qadar my.dtm.uz elektron platformasi orqali taqdim etiladi.

Kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida uch bosqichda, ya’ni test shaklida o‘tkaziladigan maxsus psixologik tanlov, yozma imtihon (esse) va chet tilidan test sinovi orqali amalga oshiriladi.