Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida ham ofitser boʻlishni maqsad qilib, belgilangan muddat davomida tanlagan sohalari boʻyicha taʼlim-tarbiya olgan oʻgʻlonlarning navbatdagi bitiruv tantanalari boʻlib oʻtdi.
Tantanal marosimda soʻzga chiqqanlar yosh ofitserlarni qutlab, ularga taʼlim-tarbiya bergan ustoz-murabbiylar va ota-onalarning mehnatini eʼtirof etdi.
Oliy harbiy bilim yurti bitiruvchilariga diplom va koʻkrak nishonlarni mudofaa vazirining oʻrinbosari, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi aʼzolari hamda boshqa davlat va jamoat tashkilotlaridan kelgan mehmonlar birgalikda tantanali topshirdilar. Ularga yangi-yangi dovonlarni zabt etishlarida tolmas kuch-quvvat tilashdi.
Yosh leytenantlar ham zimmalaridagi ulkan masʼuliyatni his qilgan holda bildirilgan yuksak ishonchga munosib faoliyat yuritishga vaʼda berdilar. Yaratilgan shart-sharoitlar, berilgan bilim, tajriba va koʻnikmalar uchun oʻz minnatdorchiliklarini izhor qildilar.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti