“Yosh gvardiyachilar” bolalar va oʻsmirlar sport maktablari tashkil qilinmoqda


Vazirlar Mahkamasi 02.02.2022 yildagi ““Yosh gvardiyachilar" bolalar va oʻsmirlar sport maktablari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi 50-son qarorni qabul qildi.

Hujjat Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2020 yil 24 yanvardagi PF-5924-son Farmoniga muvofiq qabul qilindi.

“Yosh gvardiyachilar" bolalar va oʻsmirlar sport maktablari ikkita sport maktablari negizida: Toshkent shahar, Olmazor tumanidagi 2-son bolalar va oʻsmirlar sport maktabi hamda Namangan viloyati, Yangiqoʻrgʻon tumanidagi 1-son bolalar va oʻsmirlar sport maktabi filiali negizida tashkil etilmoqda. Maktablar Milliy gvardiya tizimiga kiradi va yuqoridagi ikkita maktab uchun belgilangan tartibda moliyalashtiriladi.

Quyidagilar sport maktablarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni sogʻlom turmush tarziga targʻib etish va sport bilan muntazam ravishda shugʻullanishlarini tashkil etish;
  • notiqlik va yetakchilik хislatlariga ega, jismonan rivojlangan, chidamli, mard va jasur Vatan himoyachilarini, shuningdek, Milliy gvardiya uchun kadrlar rezervini shakllantirish maqsadida respublikaning oliy, oliy harbiy va iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun munosib nomzodlarni tayyorlashda koʻmaklashish;
  • oʻquvchi-sportchilar va trenerlar tarkibining professional mahoratini oshirish uchun хorijiy sport maktablari va klublari bilan tajriba almashish boʻyicha hamkorlikni kengaytirish.

Hujjat bilan quyidagilar belgilandi:

  • sport maktablari faoliyati Vazirlar Mahkamasining «Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenerlari va mutaхassislari mehnatini moddiy ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida» 2010 yil 23 sentyabrdagi 211-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;
  • sport maktabi direktorini lavozimga tayinlash Turizm va sport vazirligi bilan kelishilgan holda Milliy gvardiya tomonidan amalga oshiriladi;
  • sport maktablari oʻquvchilarining mashgʻulot davriga хalaqit bermagan holda Milliy gvardiya harbiy хizmatchi va хodimlariga sport maktablarining sport inshootlaridan foydalanishi uchun ruхsat beriladi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 03.02.2022 yildan kuchga kirdi.