1-avgust natijasiga qaramay "deyarli" talaba bo'lganlar soni aniqlandi!


Qabul 2017 da topshirilgan arizalar soni va ajratilgan kvotalar sonidan kelib chiqib "muddatidan avval" talaba bo‘lgan abituriyentlar soni aniqlandi.

DTM qabul natijalariga ko‘ra quyidagi mutaxassisliklarga topshirilgan arizalar soni bo‘yicha "deyarli" talabalik ostonasida turgan abituriyentlar sonini keltirib o‘tamiz. Bu yo‘nalishlarda topshirilgan arizalar soni juda ham kam va shunga mos bitta o‘ringa mos keluvchi abituriyentlar soni 1.6 dan kam:

OTM va ta’lim yo‘nalishi nomi Shifr Ta'lim tili Kvota Arizalar Tanlov
Milliy rassomlik va dizayn instituti
Rangtasvir: multfilm va kompyuter multiplikatsiyasi
5150805 Rus 3 3 1.0
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: ispan tili
5120115 Rus 5 6 1.2
Milliy rassomlik va dizayn instituti
Rangtasvir: mahobatli rangtasvir
5150802 Rus 5 6 1.2
Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi
Xoreografiya (turlari bo‘yicha)
5151300 Rus 30 40 1.3
Milliy rassomlik va dizayn instituti
Haykaltaroshlik (turlari bo‘yicha)
5151100 Rus 8 10 1.3
Samarqand davlat chet tillar instituti
Filologiya va tillarni o‘qitish: ispan tili
5120115 Rus 7 9 1.3
Milliy rassomlik va dizayn instituti
Kasb ta’limi: dizayn (interyerlarni loyihalash)
5111052 Rus 7 10 1.4
Milliy rassomlik va dizayn instituti
Rangtasvir: filmning tasviriy yechimi
5150804 Rus 4 6 1.5

Elsatib o‘tamiz ushbu yo‘nalishlarning bari ta'lim tili Rus tili bo‘lgan guruhlar uchun shakillangan.