«Grant»da tahsil olayotgan talabalar soni haqida ma’lumot berildi


2021/2022-o‘quv yili boshiga O‘zbekistonda jami oliy ta’lim tashkilotlari 808,4 ming nafar talaba tahsil olgan. Bu haqda Davstatqo‘m ma’lum qilmoqda.

Shundan davlat granti bo‘yicha o‘qiyotganlar 120 ming nafarni (jamiga nisbatan 14,8 foiz) tashkil etadi.

Ushbu ko‘rsatkichlar 2020/2021-o‘quv yiliga nisbatan taqqoslanganda davlat granti bo‘yicha o‘qiyotganlar soni 23 ming nafarga (23,5 foizga) ortgani kuzatiladi.

Ma’lumot uchun, 2022/2023-o‘quv yili uchun ham 190 mingdan ziyod abituriyent talabalikka tavsiya etildi.

Shundan:

  • 39 962 nafari — davlat granti;
  • 150 413 nafari — to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan.