Farmatsiya yo‘nalishi uchun barcha talabgorlarning birortasi o‘qishini ko‘chira olmagan


Andijon davlat tibbiyot institutining Farmatsiya yo‘nalishiga xorijiy va nodavlat oliygohlardan o‘qishini ko‘chirish uchun ariza topshirgan 79 nafar talabgorlardan birortasi yetarli ball to‘play olmagan.


Rasmda ko‘rib turganingizdek, eng yuqori ball 90,4 to‘plangan bo‘lib, o‘tish bali 129,0 ballni tashkil etadi.

Ushbu talabalarda super kontraktda o‘qish yoki avvaldagi ta’lim muassasasida o‘qishini davom ettirish yo‘li mavjud.