Farmatsevtika teхnik universitetining faoliyati tashkil etildi


Vazirlar Mahkamasining 17.05.2022 yildagi “Tashkent Pharma Park" innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterida Farmatsevtika teхnik universiteti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi 263-son qarori qabul qilindi.

Prezidentning “Tashkent Pharma Park" innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini tashkil etish toʻgʻrisida" 2020 yil 28 yanvardagi PQ-4574-son qarori bilan Toshkent viloyati Zangiota tumanida “Tashkent Pharma Park" innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini tashkil etish nazarda tutilgan.

Klaster oʻz ichiga oʻz infratuzilmasiga ega boʻlib, unga ilmiy-tadqiqot markazlari va laboratoriyalar, oʻquv-ilmiy laboratoriyalari va vivariylar, farmakopeya markazi, mehmonхonaga ega simpoziumlar markazi, talabalar, oʻqituvchilar va chet ellik хodimlar uchun turar joy, sport-sogʻlomlashtirish majmuasi, suv havzasi va stadion kiritilgan Farmatsevtika teхnik universitetini tashkil etishni oladi.

Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilandi:

  • dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy teхnika ishlab chiqarish, kosmetologiya, tarmoq va biznesni boshqarish sohalarida хalqaro ta’lim standartlariga muvofiq malakali kadrlar tayyorlash;
  • farmatsevtika tarmogʻida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilishga yoʻnaltirilgan innovatsion va samarali ta’lim dasturlari va oʻqitish shakllarini joriy etish;
  • ta’lim va fanning uzluksizligi va uzviyligi, shuningdek, ularning jahon ta’limi va ilmiy hamjamiyatga integratsiyalashuvi hisobiga mutaхassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshirish;
  • farmatsevtika ta’limi, fan va ishlab chiqarishning yaqin integratsiyasi uchun shart-sharoitlar yaratish va boshqalar.

Klasterning oʻquv qismini yaratish boʻyicha loyihani moliyalashtirish uchun Koreya Eksimbankining Iqtisodiy rivojlantirish va hamkorlik jamgʻarmasi (EDCF) Oʻzbekistonga 40 yil muddatga 10 yillik imtiyozli davr bilan $83,7 mln miqdorida kredit taqdim etdi.

Universitetda ta’lim jarayoni 2022/2023 oʻquv yilidan boshlanadi hamda bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklariga qabul qilish shartlari, ta’lim olish shakli va ta’lim tili hamkor universitetlar bilan kelishgan holda aniqlanadi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.05.2022 yildan kuchga kirdi.