O‘zbekiston Respublikasida qonun ustuvorligini, xavfsizlik va barqarorlikni, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishni ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining asosiy vazifalari hisoblanadi.
«O‘zbekiston Respublikasi Davlat Xavfsizlik Xizmati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunining 34- moddasida Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Davlat xavfsizlik xizmatining ta’lim muassasalari va boshqa ta’lim muassasalari, shu jumladan xorijiy ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.