Abituriyentlar 2025 yilning 8-avgustga qadar oliy ta’lim muassasalari yo‘nalishlarini tanlashi shart. Yo‘nalish tanlamagan abituriyentlar oliygohlarga qabul qilinmaydi.
Tanlovda abituriyentlar 5 ta OTM, ta’lim yo‘nalishlari va shakllari hamda tanlov ustuvorliklarini belgilashlari kerak.
E’tibor berilishi kerak bo‘lgan jihatlar:
-
Agar abituriyent ustuvorlik sifatida “Davlat granti”ni tanlasa, dastlab grant uchun ajratilgan kvota asosida baholanadi. Agar tanlagan yo‘nalishlariga ballari yetmasa, u to‘lov-kontrakt bo‘yicha tanlovda ishtirok etolmaydi. Shuning uchun davlat grantiga tushish ehtimoli past bo‘lsa, yo‘nalishlar orasida to‘lov-kontraktni ham ajratgan holda tanlash tavsiya etiladi.
-
Agar abituriyent “Ta’lim yo‘nalishi”ni ustuvorlik sifatida tanlasa, unda grant va kontrakt asosida parallel tanlov amalga oshiriladi. Bunda balli yo‘nalishlar ketma-ketligiga qarab baholanadi.
-
Maqsadli qabulga hujjat topshirganlar u yo‘nalishni hamda ta’lim shaklini aniq ko‘rsatishlari kerak. Aks holda ushbu kvotada ishtirok eta olmaydi.
2025 yilning 8-avgustga qadar abituriyentlar tanlovlarini tahrir qilish imkoniyatiga ega.