Talabalar turar joyi uchun ariza topshirish boshlandi


Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-son qaroriga asosan, talabalar uchun yotoqxona joylariga arizalar 1-avgustdan my.gov.uz portali orqali qabul qilinadi.

Qabul tartibi:

  • Dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar uchun joylar ajratiladi.

  • Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar o‘rtasida joylar quyidagi nisbatda taqsimlanadi:

Kurs bosqichi Ajratiladigan foiz
1-kurslar 55–65 %
2-kurslar 15–25 %
3-kurs va undan yuqori kurslar 20–25 %

Muhim:

  • Arizalar o‘quv yili yakuniga qadar qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumot: Reglament hujjati

Eslatma: 2025/2026-o‘quv yili uchun OTMga 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar ham ariza topshirishi mumkin. Ularga joylar yuqoridagi nisbat asosida belgilanadi.