Davlat OTMga kirish uchun beriladigan 43 imtiyoz turi bor


Davlat qabul komissiyasining 2022 yil 29 dekabrdagi 10-son majlis bayoni bilan «Davlat OTMga kirish uchun berilgan imtiyozlarning yagona reyestri» tasdiqlangan.

Reyestrdan 43 ta imtiyoz turi o‘rin olgan:

1. Imtihonsiz qo‘shimcha davlat granti asosida talabalikka tavsiya etish uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar (15 ta);

2. Imtihonsiz bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar (4 ta);

3. Tegishli fan bo‘yicha imtihondan ozod etilib, ma’lum miqdorda ball berishga asos bo‘luvchi imtiyozlar (5 ta);

4. To‘plangan ballga nisbatan qo‘shimcha ball berish uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar (2 ta);

5. Qo‘shimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etish uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar (13 ta);

6. Qo‘shimcha imtiyozlar (4 ta).

Reyestrda imtiyozlar tasnifi, imtiyoz berilishiga mas’ul vazirlik va idoralar, imtiyoz beriladigan abituriyentlar toifasi hamda imtiyoz berilishida huquqiy asos bo‘ladigan normativ-huquqiy hujjatlar nomlari keltirilgan.