Berdaq nomidagi stipendiya ta’sis etiladi


«2019 – 2023-yillarda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, ilmiy va o‘quv-tarbiyaviy salohiyatini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Hujjatga ko‘ra, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetini kompleks rivojlantirish dasturi qabul qilinadi.

Shuningdek, Universitet boshqaruvi tizimida Xalqaro aloqalar va xorijiy investitsiyalar bo‘yicha prorektor lavozimi, Kompleks ilmiy-tadqiqot labaratoriyasi va Oliy ta’lim muassasalari aro texnopark tashkil etilmoqda.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Universitetga barcha ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv reja va fan dasturlarini ishlab chiqarishda namunaviy o‘quv reja hamda fan dasturlariga nisbatan 20 foizgacha o‘zgartirish kiritish huquqi beriladi. Qaror bilan, iqtidorli talaba-yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida Berdaq nomidagi Davlat stipendiyasi ta’sis etilishi mumkin.

Manba: xabar.uz