2025/2026 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan 5 yillik mehnat stajiga ega, ammo oliy ma’lumoti bo‘lmagan xotin-qizlarga davlat oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishlari uchun tavsiyanomalar beriladi. Ushbu tavsiyanomalar asosida alohida kvotalar (2024 yilda 500 ta kvota ajratilgan edi) ajratiladi.
Talablar:
-
O‘rta maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lish.
-
Tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta’lim olmagan yoki hozirda oliy ta’lim muassasasida o‘qimayotgan bo‘lish.
-
O‘rta maxsus yoki professional ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yillik mehnat stajiga ega bo‘lish.
Hujjatlar:
-
Fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi.
-
Mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan ko‘chirma. my.mehnat.uz portali orqali YMMTda tekshiriladi.
-
O‘rta maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha diplom. diplom.edu.uz sayti orqali tekshiriladi
Ariza topshirish:
-
Arizalar 1-iyungacha qabul qilinadi.
-
Arizalar doimiy yashash yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan joydagi tuman (shahar) Oila va xotin-qizlar bo‘limlariga elektron shaklda topshiriladi.
Tavsiyanoma amal qilish muddati:
-
Tavsiyanoma berilgan kundan boshlab 3 yil davomida faqat bir marta oliy ta’lim muassasasiga qabul qilinishi uchun amal qiladi.
Qabul jarayoni:
-
Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar kirish imtihonlarida qatnashadi.
-
Kirish imtihonlari yakunlariga ko‘ra, to‘plangan ball bo‘yicha talabalikka tavsiya etilmagan, biroq to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 30 foizini va undan kam bo‘lmagan ballni to‘plagan tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlar alohida kvota (2024 yilda 500 ta kvota ajratilgan edi) doirasida tanlovga ko‘ra to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etiladi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar va ariza topshirish uchun quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin: