American University in Central Asia O‘zbekistonda kirish imtihonlarini o‘tkazishini e'lon qiladi


Imtihonlar Toshkent, Farg‘ona, Andijon va Qo‘qon shaharlarida bo‘lib o‘tadi.

Imtihonlarga oliy o‘quv yurti, litsey, kollej va 11-sinf maktab bitiruvchilarini taklif etiladi. Imtihon topshirish bepul!

AUCAga kirish uchun AUCA Admission Exam nomli 3 qismdan iborat bo‘lgan
imtihon topshirish talab etiladi:

Ingliz tilidan imtihon - English Language Proficiency Test (ELPT) - 80 daqiqa

Matematikadan maktab dasturi asosida imtihon - 60 daqiqa

Ingliz tilida insho - 60 daqiqa

Imtihonlar qachon va qayerda o‘tkazilishi rasmda ko‘rsatilgan.

E’tibor qaratishingiz kerak bo‘lgan jihat - bir odam faqat bir marta va faqat bir hududda kirish imtihonini topshirishi mumkin.

AUCA kirish imtihonlarida qatnashish uchun nima talab qilinadi?

1. Pasport va uning nusxasi

2. Bitirganlik haqida attestat/diplom yoki maktab (litsey, kollej)dan bitiruvchi sinf ekanligingizni tasdiqlovchi muxrli ma’lumotnoma

3. 1 ta rangli 3x4 rasm (oq fonda)

4. Ruchka, qalam, o‘chirg‘ich

American University in Central Asia 1993-yil tashkil etilgan. Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda joylashgan. O‘rta Osiyoda tashkil etilgan birinchi AQSh universiteti hisoblanadi. Bakalavriatda 14 xil o‘quv dasturini va magistraturada o‘qimoqchi bo‘lganlar uchun 9 turdagi o‘quv dasturlarini taklif qiladi.

Manba: @uzprep telegram kanali