Alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga kirishda majburiy uchta fandan test sinovlari o‘tkaziladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq:

2021-2022-o‘quv yili qabulidan boshlab alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim sohalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlardan so‘ng majburiy uchta:

  • ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili);
  • matematika;
  • O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha Davlat test markazi tomonidan test sinovlari o‘tkaziladi.