Misrning Al-Azhar universiteti bilan hamkorlik faollashtiriladi. Bu haqda O‘zbekiston va Misr prezidentlarining keng doiradagi muzokaralarida fikr almashildi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik bo‘yicha ham ijobiy natijalarga erishilgan.
Xususan, Misrning Al-Azhar universiteti va boshqa ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqotlar markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi o‘rtasida faol hamkorlik o‘rnatishga kelishib olindi.
Manba: kun.uz