AKT vaziri TATU Samarqand filiali faoliyati bilan tanishdi


O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov xizmat safari doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuv davomida talabalar tomonidan yaratilgan yangi g‘oyalar, innovatsion texnologiyalar bilan tanishib, filial hududida qurilishi rejalashtirilgan yotoqxona binosining zamonaviy loyihasi bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.



Shuningdek, filialning «Telekommunikatsiya texnologiyalari» yo‘nalishi bo‘yicha 4-bosqich talabalariga «Telekommikatsiya injineringi» kafedrasi katta o‘qituvchisi A. Xidirov tomonidan «Multimediyali aloqa tarmoqlari» fanidan o‘tilayotgan amaliy mashg‘ulotiga kirib, talabalarning bilim olish jarayoni va ularga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.