O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov xizmat safari doirasida, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida so‘nggi vaqtlarda ta’lim sohasidagi islohotlar, filialdagi o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi. Tadbirda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, talabalar tomonidan erishilayotgan yutuqlar, filialning keyingi 5 yillik rejalari bo‘yicha yaqindan tanishildi.
Shu bilan birga, filial hamda Akademik litseyning iqtidorli talabalari tomonidan yaratilayotgan yangi loyihalar taqdimot qilindi.
